2026 Son 2: SAN’AT VA MADANIYAT AXBOROTNOMASI
Maqolalar

MILLIY JURNALISTIKADA JASALMA INTELLEKTTIŃ ABZALLÍQLARÍ HÁM MASHQALALARÍ

How to Cite

MILLIY JURNALISTIKADA JASALMA INTELLEKTTIŃ ABZALLÍQLARÍ HÁM MASHQALALARÍ. (2026). SAN’AT VA MADANIYAT AXBOROTNOMASI, 2(2), 221-227. https://doi.org/10.66900/wtjgdp65
PDF Yuklab olish

Abstrakt

Ushbu maqolada milliy jurnalistikada sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi, uning asosiy afzalliklari va yuzaga keltirayotgan muammolari keng tahlil qilinadi. O‘zbekiston mediasida sun’iy intellektning integratsiyasi, jumladan xabar tayyorlash, tahliliy kontent yaratish, avtomatlashtirilgan matn ishlash va vizual materiallar tayyorlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, deepfake texnologiyalari, soxta kontent tarqalishi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar ilmiy asosda tahlil qilinadi. O‘zbekistonda sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, jumladan, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Italiya tajribalari qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni jurnalistikada mas’uliyatli qo‘llash, media etikasini saqlash, faktcheking tizimlarini takomillashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyatini ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. 1. Kalpokas I., Kalpokiyene J. Deepfakes. — Cham: Springer, 2022. — 1–2-betlar. — DOI:
  2. 10.1007/978-3-030-93802-4.
  3. 2. Italian Law No. 132/2025. The First Domestic Law in the European Union on the Use of Artificial
  4. Intelligence. Italy, October 2025.