Avtorlarga
Jurnalga maqolalar qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
Teatr va musiqa
Kino va dramaturgiya
Bibliografiya va madaniyat
Jәmiyetlik-gumanitar ilimler
MAQOLALARNI QABUL QILISH TALABLARI:
- maqolaning yuqori o‘ng tomoniga universal klassifikatsiya bo‘yicha (UDK) indeks qo‘yilishi shart;
- maqolaning (tashkilotlar, muassasalar, maktablar, kollejlar yoki oliy o‘quv yurtlari) majlislarida ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risidagi bayonnomasidan ko‘chirma, soha bo‘yicha yetakchi mutaxassisning fikri hamda ekspert xulosasi bo‘lishi kerak;
- maqola Microsoft Word, shrifti "Times New Roman" da, kamida 5 bet hajmida 14 ta shriftda, qatorlar oralig‘i 1,5 intervalda, chap tomonidan 3 santimetr, o‘ng tomonidan 1,5 santimetr, yuqori va pastki tomonidan 2 santimetrdan iborat bo‘lgan o‘lchamda qoldiriladi;
- muallifning to‘liq ismi va familiyasi, ish joyi va lavozimi, telefon raqami va elektron pochtasi to‘liq ko‘rsatiladi;
- maqolaga havolalar [Yusupov:15] shu shaklda berilishi kerak;
- maqolaning uch tilda yozilgan rezyume va tayanch so‘zlari (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) bo‘lishi kerak;
- maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi shart;
- maqolaning muassasa nomidan yo‘llanma xatlari bilan qabul qilinadi;
-maqolalarning mazmuniga va ko‘rsatilgan havolalarning to‘g‘riligiga mualliflarning o‘zi javobgar hisoblanadi.
Belgilangan talablar asosida yozilgan ilmiy maqolalar maxsus antiplagiat tekshiruvdan o‘tkaziladi. Muallif maqola (Word) shaklida, fikrlarni (pdf) shaklida elektron papkaga ismi, familiyasini yozib, jurnalning ushbu ko‘rsatilgan +998934878285 telefon raqamlariga telegram orqali yuboriladi.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar
1. Maqola tashkilot rahbarining qo‘shimcha xati, ekspertlar xulosasi (kafedra yoki bo‘lim xulosasi), vakolatli ikki mutaxassisning fikr-mulohazasi (ichki va tashqi) bilan birga taqdim etiladi.
2. Maqolalar qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola 5-7 bet hajmda, tayanch (klyuchevie) so‘zlar va rezyumelar, matn 14 shriftda, har bir satr oralig‘i 1,5 interval.
3. Maqolalar 2 nusxada qog‘ozda mualliflar imzolari bilan, shuningdek, elektron versiyasi bilan taqdim etiladi.
4. Mavzu bosh harflar bilan yoziladi, pastki qismida muallifning to‘liq ismi, ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi va ish joyi ko‘rsatiladi. Foydalanilgan adabiyotlarning to‘liq ro‘yxati maqolaning oxirida keltiriladi va matn ichidagi havolalar adabiyotlar ro‘yxati bo‘yicha kvadrat qavs ichida raqamlarda beriladi [1:15].
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga: muallif ismi, familiyasi, adabiyot nomi, nashriyot nomi, yili, beti to‘liq ko‘rsatiladi. Jurnaldan olingan adabiyotlarda muallif nomi, nashri, maqola, jurnal nomi, yili, soni, sahifalari ko‘rsatiladi.
6. Faktologik ma’lumotlar va uslubiy kamchiliklar uchun mualliflar javobgardir.
7. Tahririyat barcha maqolalarni qo‘shimcha ekspertizaga yuboradi.
8. Tahririyat maqolalarni qisqartirish va tahrir qilish huquqiga ega.
9. Maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.
10. Maqola oxirida mualliflarning manzillari, aloqa raqamlari ilova qilingan holda ko‘rsatiladi.