RADIO SPEKTAKL: AKUSTIKA VA OVOZ REJISSURASI
radio spektakl, akustik makon, ovoz rejissurasi, binaural audio, mikrofonlash, yaqinlik effekti, reverberatsiya, psixoakustika
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola zamonaviy media makonida radio spektakllar (audio dramalar) yaratishning texnik va badiiy xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar davrida ovoz rejissurasining o'zgarishi, studiya akustikasining psixoakustik ta’siri hamda mikrofonlashning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Xususan, tinglovchida "mavjudlik effekti"ni (presence effect) yaratishda akustik makonni shakllantirish, mikrofonlarning yo'nalish diagrammalari va "yaqinlik effekti" (proximity effect)dan badiiy maqsadlarda foydalanish masalalari yoritiladi. Maqola ovoz rejissyorlari, media mutaxassislari va talabalar uchun mo'ljallangan.
Adabiyotlar
- 1. To‘rayev, B. Radiojurnalistika va nutq madaniyati. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: "Fan va texnologiya", 2019.
- 2. Меерзон, Б. Я. Акустические основы звукорежиссуры. Москва: "Аспект Пресс", 2004.
- 3. Alten, S. R. Audio in Media (10th Edition). Wadsworth Cengage Learning, 2013.
- 4. Rumsey, F., & McCormick, T. Sound and Recording: Applications and Theory. Focal Press, 2014.
- 5. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti xabarlari. Ilmiy-amaliy jurnal. Toshkent, 2022-yil, №3 son.