NÁPES HÁM SHÍNJÍR NÁPES USÍLLARÍ
Annotatsiya
Ushbu maqolada vokal-xor ijrochiligida nafas olish texnikasi va uning turlari batafsil yoritilgan. Nafas – ovoz hosil bo‘lishining asosiy omili bo‘lib, uni to‘g‘ri ishlatish qo‘shiqning sifatli, toza va ohangdor ijrosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nafas olishning uch turi mavjud: yuqori ko‘krak, o‘rta (ko‘krak-qorin), va pastki (qaburg‘a-diafragma). Xor ijrosida eng samarali va tavsiya etilgan usul – pastki diafragmaga nafas olishdir. Maqolada zanjir usulidagi nafas olish ham keng yoritilgan. Bu usulda xor ishtirokchilari nafasni navbatma-navbat oladi, natijada asar uzilmasdan uzluksiz ijro etiladi. Ayniqsa, ko‘p ovozli, murakkab asarlar uchun bu muhim hisoblanadi. To‘g‘ri nafas olishni o‘rganish uchun maxsus mashqlar, tovushli takrorlar va dirijyor rahbarligida mashg‘ulotlar talab etiladi. Ushbu texnikalarni chuqur o‘zlashtirish xor jamoasining ijrochilik darajasini sezilarli oshiradi.
Adabiyotlar
- 1. Bagirova F. „Dirijyorlik” O’quv qo’llanma. – T. 2010.-230b.
- 2. L.Jumayeva, N.Sharafiyeva. „Xor sinfi va kamer xor.” O’quv qo’llanma. T.: Barkamol fayz media, 2017.– 287 b.
- 3. Malikova S., Vasilchenko O. „Dirijyorlik” O’quv qo’llanma. – T.: 2018.
- 4. Ye.Nechayev „Rabota s lyubitelskim xorom” O’quv qo’llanma. T., 2008 ООО «ALGO - BOSS» nashriyoti.
- 5. Mansurbekova F.Malikova D. „Xor sinfi” O’quv qo’llanma. T.: Lesson press. 2019.– 232 b.
- 6. Shaxmudova B.V. „Xor lug’ati”. O’quv qo’llanma. Musiqa nashriyoti T.2009.
- 7. Vasilchenko O.A. „Xorovoy klass”. Lesson press. O’quv qo’llanma -T.: 2011- 180 bet.
- 8. Vasilchenko O, Malikova S.”Dirijirovaniye”.Uchebnoe posobiye – T.: 2020.