Maqalalar · 2026/1

QORAQALPOQ AN’ANAVIY O‘YINLARINING ETNOMADANIY O‘ZIGA XOSLIGI VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI

Annotaciya

Maqolada qoraqalpoq an’anaviy o‘yinlarining etnomadaniy o‘ziga xosligi va ularning tarixiy taraqqiyoti jarayonida kechgan transformatsiya holatlari tahlil etiladi. Qoraqalpoq xalqining ko‘chmanchi va yarim o‘troq turmush tarziga mos ravishda shakllangan bolalar va ommaviy o‘yinlarning mazmuni, tarkibiy tuzilishi, ijro qoidalari, o‘yinboshining o‘rni, chaqirmalar, sanamalar va tarqalmalar kabi og‘zaki poetik unsurlar xalqning etnik xotirasi va madaniy kodi sifatida talqin qilinadi. Raqamli texnologiyalar tez sur’atlar bilan kirib kelayotgan hozirgi sharoitda milliy o‘yinlarning ommalashuv darajasining pasayib borishi, bu holatning yoshlar tarbiyasi va milliy identitetga ta’siri baholanadi hamda an’anaviy o‘yinlarni saqlash, o‘rganish va ularni zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar keltiriladi.

Ádebiyatlar

  1. 1. Esemuratov K. Dene tarbiyası, Nukus, Bilim -1994. 66-bet.
  2. 2. Esemuratov K. Dene tarbiyası, Nukus, Bilim -199463-bet.s://uza.uz/posts/381122
  3. 3. Maxmud Yuldoshev. Urf-odatlar: tanganing ikki tomoni. –//“Tafakkur” jurnali, 2019 yil 3-son.
  4. 4. Mardonova G. O‘zbek milliy o‘yinlari Ommabop-adabiy nashr). – “Bookmany print” Toshkent, 2022, –5 bet.
  5. 5. Jahongirov. O‘zbek bolalar folklori . –Toshkent: “O‘qituvchi”, 1975,-90 b.
  6. 6. Esemuratov A. Serimbetov P. Qaraqalpaq milliy hareketli oyınların úyreniw. Nókis, Qaraqalpaqstan – 2005. 16-bet.